Portugallar

Portugallar (o’zlarini Portu- gezish deb ataydilar) — xalq, Portu- galiyaning asosiy aholisi (10,27 mln. kishiga yaqin). Umumiy soni 13,67 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). Portugal tilida so’zlashadi. Dindorlari, asosan, ka-toliklar. Katta evropeoid irqining hind-o’rta dengiz irqiga mansub. P. etnosining asosini eng qad. Iberiy qabilalaridan bo’lgan luzitanlar tash- kil etgan. P.ning tili va madaniyatiga (ayniqsa, mamlakat Jan.dagi aholiga) Arab-barbar hukmronligi (8-13-a. lar) katta ta’sir qilgan. 12-a. o’rtasida mustaqil Portugaliya davlati tashkil topgan. Rekonkista jarayonida (arablar bosib olgan hududlarni qaytarib oli- nishi) asta-sekin P. elati shakllangan. An’anaviy mashg’uloti — dehqonchilik, bog’dorchilik, baliqchilik. Zamonaviy P. ko’p tarmokli sanoat va xizmat ko’rsatish sohasida band.