Potentsiometr
Potentsiometr (potentsial va … metr) — 1) magnit P. — magnit may-don kuchlanganligi, ya’ni 2 nuqta ora-sidagi potentsiallar farqi (yoki magnit yuri- tuvchi kuch) ni o’lchash uchun mo’ljallangan asbob. Bikr (qattiq) va egiluvchan (qayishqoq) xillari bor; 2) elektr zan- jiridagi e. yu. k. yoki kuchlanishni o’lchash uchun mo’ljallangan elektr asbobi. O’zgarmas va o’zgaruvchan tok b-n ishlay- digan, elektron avtomat xillari bor. P. tarki-biga qarshilik, galvanometer va normal element (Galvani elementi) kiradi; 3) elektr zanjirining kirish qismiga kuchlanishning ma’lum qismini (qarshilikni) tekis rostlab beradigan asbob. Kuchlanish taqsimlagichi deb ham ataladi. Radiotexnika, elektrotexnika, o’lchash texnikasi, avtomatik tizimlar va b.da ishlatiladi; 4) avtomatik elektr o’lchash kompensatori.