PLASTINKA MO’YLOVLILAR

PLASTINKA MO’YLOVLILAR (Sca-rabaeidae) — qo’ng’izlar oilasi. Uz. 2 mm dan 150 mm gacha (Gerkules). Mo’ylovlari tizzasimon, uchki qismi plastin-kasimon, ba’zan qadahsimon bo’lib, elpig’ichga o’xshash taxlanadi. Ol- dingi oyog’i (ko’pincha boshining oldin- gi qir-rasi) erni kavlashga moslashgan. Ayrim turlarining erkagi boshida va elkasi oldida shoxlari va bo’rtiklari bo’ladi. Qurtlari oqish, yo’g’on; jag’lari yaxshi rivojlangan, oyoqlari 3 juft, gav- dasi S shaklida egilgan. 15 mingdan 20 minggacha, jumladan, O’zbekistonda 200 dan ortiq turi uchraydi. Ayniq- sa, tropikada ko’p. P.m. 2 ta ekolo- gik guruh: go’ngxo’rlar va skarabeylar- ga bo’linadi. Ko’pchilik P.m. tabiatda mod-dalar aylanishi va tabiiy sanitar- lar sifatida (go’ngxo’r qo’ng’izlar) katta ahamiyatga ega.