Plebeylar
Plebeylar (lot. plebeii — oddiy xalq) — 1) qad. Rimdagi erkin aholi tabaqalaridan biri. Mil. AV. 3-a.gacha P. jamoa eridan foydalanish huquqiga ega bo’lmagan, faqat chek erlardan shax- siy mulk sifatida foydalangan. Ular dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo b-n shug’ullangan. P. mil. AV. 5-4-a.lar- da davlat lavozimlarini egallashlari va patrisiylar b-n nikoh tuzishlari mum- kin bo’lmagan. P. patrisiylarga qarshi qattiq kurash olib borgan va natijada Rim fuqarolari (grajdanlari) tarkibi- ga kiritilgan, majburiy qullik bekor qilingan. P.ning bu muvaffaqiyatiga ular tarkibida xizmat qilgan armiya kat- ta yordam ko’rsatdi; 2) o’rta asrda P. atama- si “oddiy xalq” ma’nosida ishlatilgan. Unga tsex usta-sining qo’l ostidagi sho- girdlar, kasodga uchragan xunarmandlar va shahar kambag’allari kirgan. Ular 16— 18-a.lardagi inqiloblarda dehqonlar b-n birgalikda faol qatnashgan.