Plantasiya

Plantasiya (lot. plantatio — o’simlik ekish) — 1) yirik dehqonchilik xo’jaligi. Bunday xo’jaliklarda, asosan, tropik, subtropik ekinlar — paxta, choy, shakarqamish, kofe va b. etishtiri- ladi. Buyuk geografik kashfiyotlar na- tijasida Evropa mamlakatlari bosib olgan mustamlakalarda kapitalning dastlabki jamg’arilishi davrida pay- do bo’lgan. Dastlabki P. Vest-Indiyasa 16-a. boshlarida tuzildi. 19-a.ning 1yarmida AQSh P. tizimining markazi bo’lgan davrda g’oyat rivojlandi va qora tanli qullar mehnatidan shafqatsiz foydalanildi. 19-a. oxirida arzon yol- lanma ish kuchi va qisman majburiy mehnatdan foydalanadigan yirik la- tifundiyalar paydo bo’ldi. 20-a.da mus- tamlakachilikdan ozodlikka erishgan ko’pgina mamlakatlarda P. xo’jaliklari nasionalizasiya qilindi. P. bir qancha rivojlanayotgan mamlakatda saqla-nib qolgan; 2) q.x. ekinlari b-n band bo’lgan katta er maydoni.