Pisarev Dmitriy Ivanovich
Pisarev Dmitriy Ivanovich [1840.2(14).10, hoz. Lipesk viloyati zna- menskoe qishlog’i — 1868.4(16).7, hoz. Yurmala] — rus publisisti va ada-biy tankidchisi. Peterburg un-tining ta- rix-filologiya f-tida tahsil olgan (1856-61). “Russkoe slovo” (“rus so’zi”) jur.da peshqadam tanqidchi si-fatida faollik ko’rsatgan. Shu davrda P.ning dunyoqarashida keskin o’zgarish sodir bo’lib, u o’tkir so’z yordami b-n rus jamiya- tining chirib borayotgan asoslarini lar- zaga keltirishni o’z ol-diga maqsad qilib qo’ygan. Chor hoki-miyatini ag’darishga da’vat etuvchi pam-fleti uchun 1862 y.da qamoqqa olingan. P. 1866 y. avf etilgach, N.A. Nekrasovning “otechestvennie za- piski” (“va-tan yozishmalari”) jur. b-n hamkorlik qilgan. P. adabiy faoliyat b-n qisqa vaqt shug’ullanganiga qaramay, juda ko’p fal- Safiy va adabiy-tanqidiy maqolalar yozishga ulgurgan. 1860 y.da Geyne ijodi b-n tanishish P. estetikasining shak- llanishida muhim omil bo’lgan. Shundan keyin tabiiy fanlarga ixlos qo’ygan P. fanni, dastavval, tabiatshunoslik va mat. fanlarini rivojlan-tirmay turib, jamiyatni taraqqiy et-tirish mumkin emas, degan fikrda bo’lgan. P. nazari- da, faqat mat. va tabi-atshunoslik fan- larigina “ochlar va yalang’ochlar”ning qornini to’ydirishi, binobarin, fan deb atalishga hakli bo’lgani uchun u, pi- rovardida estetikani va adabiy asarlar- ning estetik talqinini mantiq-siz, deb topgan. Shu nuqtai nazarga amal qilgan P. N.G.Chernishevskiyttg “oqilona ego- izm” haqidagi nazariyasini qo’llab- quvvatlaydi (“realistlar”). M.E. Sal- tikov-Shchedrinta qarshi malomat tosh- larini otish, satiraning ij-timoiy ahamiyatini inkor etish P.ning nafaqat estetik, balki ijtimoiy-siyosiy ma’- nodagi xatosi ham bo’lgan (“beozor yumor chechaklari”). P.ning “Pushkin va Belinskiy” sin-Gari eng yaxshi adabiy- tanqidiy maqolalari ma’rifatparvar- lik ruhi b-n sug’orilganiga qaramay, bahs-munoza-rali fiqolardan xoli emas. As: Literaturnaya kritika, t 1-3, M., 1981. Ad.: Korotkov Yu., Pisarev, M., 1976.