Pitti

Pitti (Pitti) — Florentsiyadagi ba-diiy muzey. P. palassosiga joylash- gan [binoning o’rta qismi me’mori F. BRU-nelleski (?), 1440 y.dan; 17-18-a. larda kengaytirilgan; hovli me’mori B.Ammanti, 1558-70-y.lar; plafon- lari Petro da Kortona tomonidan ba- jarilgan, 1640-47], bino man’eris-tik bog’ga tutashgan. 1828 y.dan omma uchun ochylgan. 1911 y.dan davlat tasar-rufida. P. to’plami asosini Medichilar xonado- niga tegishli asarlar tashkil etadi. Su- ratlar galereyasi bino xonalarining kat- ta qismini egallagan. To’plamda, asosan, 15-17-a.lar italyan (Rafael, Tisian va b.), qisman 17-a. flamand (P.Rubens, A. van Deyk va b.) rassomlik maktabi va- killarining asarlari jamlangan. P.da, shuningdek, zamonaviy san’at galereyasi va kumush buyumlar muzeyi mavjud.