Penkovskiy Lev Minaevich

Penkovskiy Lev Minaevich [1894.31.(12.2), Kremenchug – 1971.26.7, Moskva] — rus shoiri, uzbek she’riya- tining tarjimonlaridan biri. Ada- biy faoliyati 1917 y.gacha boshlangan bo’lishiga qaramay, 20-y.larning 2yar- mida shoir sifatida tanila boshlagan. 30-y.lardan boshlab asosan badiiy tar- jima b-n shug’ullangan. O’rta Osiyo xal- klari og’zaki ijodi, mumtoz she’riyati obidalari va zamonavii shoirlarining ko’plab asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. P. Firdavsiyning “Shohnoma”, Alisher Navoiyning “Farhod va Shi- rin”, Bedilning “Komde va Modan” do- stonlari, Umar Xayyom ruboiylari, bo- bur g’azal va ruboiylari, Oybek, Xdmid Olimjon, Zulfiya va b. uzbek, gruzin, ar- man, eston, tatar, boshqird, chuvash, yoqut shoirlarining she’rlari-ni, shuningdek, o’zbek xalqining “Al-pomish”, “Orzi- gul”, qirg’iz xalqining “Manas”, qozoq xalqining “qiz-Ji-bek” singari epos va dostonlarini rus tiliga tarjima kil- gan. U ayni paytda Gyote, Geyne, Beranje, Gyugo kabi jahon mumtoz shoirlarining asarlarini ham rus tiliga o’girgan. P. qaysi tidtsan tarjima qilgan bo’lsa, shu tilning lisoniy va musiqiy xususiyat- larini, u yoki bu shoirning ijodiy-in- dividual uslu-bini o’rganish, tarjima qilinayotgan asardagi milliy ruhni saqlashga alo-hida e’tibor bergan. Tar- jimalari “tanlangan she’riy parchalar” (1956), “asrlar va yillar osha” (1960), “Chang” (1971) to’plamlarida nashr qilingan. As: skvoz veka i godi, T., 1960.