Pashshalar

Pashshalar (Toshkent shevasida), chivinlar (boshqa shevalarda) — 2 qanotli hasharotlar guruhi. P.ga, odatda, barcha kalta mo’ylovli 2 qanotlilar: so’qirlar, bo’kalar, pashshalar, taxinlar, ktirlar va b. oilalar kiritiladi. Gavdasi nis- batan yo’g’on, qanotlari keng, og’iz organ- lari yalovchi tipda. Qurtlarining oyog’i va boshi bo’lmaydi. G’um-bagi bochkasimon. P. yirtqich (qtirlar), parazit (taxin- lar, qon so’ruvchi P., so’nalar, bo’kalar), o’simlikxo’r (Gessen pashshasi), turli suyuq organik moddalar (chin P.) b-n ozi- klanadi P. tabiatda ko’pchilik qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotxo’r sut emizuvchilar uchun asosiy oziq sifatida katta ahamiyatga ega. Bir qancha P. para- zitlik qilishi va kasallik tarqatishi tufayli odam va hayvonlarga katta ziyon etkazadi.