Pauli (Pauli) Volfgang
Pauli (Pauli) Volfgang (1900.25.4, Vena -1958.15.12, Syurix) — Shvey- tsariyalik nazariyotchi-fizik. Myunxen un-tini tugatgan (1921). Syurixdagi Oliy politexnika maktabi prof. (1928 y.dan), AQSh dagi Prinston in-tida ish- lagan (1940-46). Ilmiy ishlari kvant mexanika va maydon kvant nazariyasiga oid. Hoz. zamon fizikasining asosiy printsipi — Pauli printsipini bayon etgan (1925). Ishqoriy metallardagi paramagnetizm hodisasini tushuntirib bergan (1927), neytrinoning mavjudli- gi to’g’risida gipotezani ilgari surgan (1931). Uning yadro kuchining mezon na- zariyasi to’g’risida, nazariy fizikaning dolzarb masalalariga oid asarlari ham bor. Nobel mukofoti laureati (1945).