Patagoniya
Patagoniya — Jan. Amerikada- gi ta-biiy oblast. Argentinaning Jan. qis-mida, Rio-Kolorado va Rio-Negro daryolaridan Jan.da, and tog’laridan sharkda joylashgan. Mayd. 652 ming km2. Er yuzasi Atlantika okeani sohilidan sharqqa 2200 m balandlikkacha zinapoya- Simon balandlashib boradi. Shim.-shar- qiy qismi pasttekislik. Zamini qad. kristalli jinslardan tuzilgan, ular- ning ustini cho’kindi va vulkan jinsla- ri hamda morena yotqiziklari qoplagan. Iqlimi mo”tadil, chala cho’lga xos iqlim. Yillik yog’in shim.da 150-300 mm, Jan. da 600-700 mm gacha. Iyulning o’rtacha t-rasi 8-2°, g’arbida 5° gacha, yanv.niki 10-20°. Kuchli shamollar esib turadi. Daryolari and tog’laridan boshlanib, P.ni chuqur kan’onlar orqali kesib o’tadi. Tuprog’i qo’ng’ir, bo’z va kashtan tuproq. Boshokdi o’tlar va butalar usadi. Endemik hayvonlardan Lama, Magellan iti, Pampa mushugi, zirhlilar va b. bor, kush ko’p. Aholisi, asosan, qo’ychilik b-n shug’ullanadi. Neft va tabiiy gaz konla- ri topilgan.