Patent
Patent (lot. patens — ochiq, aniq- Ravshan) — 1) texnik echim (ixtiro)ning davlat tomonidan e’tirof etilganligi- ni va ixtirochining o’z ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdik/yuvchi hujjat. Davlat P. idorasi tomonidan ixtiro muallifiga yoki ariza bo’yicha huquqiy vorisiga beriladi (q. Ixtirochilik huquqi). Ko’p mamlakatlardagi krnunlar- ga kura, P. 15-20 y. muddatga beriladi. P. u berilgan mamlakat hudu-dida amal qiladi. Ixtirolar, foydali model, sa- noat namunasiga nisbatan qo’yiladigan, P. olish huquqini vujudga keltiradigan talablar xamda P. idora-sining bunday hujjatni berish tar-tibi O’zbekiston Respublikasining “ixtirolar, foy- Dali modellar va sanoat namunalari to’g’risida”gi qonuni (1994 y. 6 may)da belgilab berilgan; 2) bir qancha mamla- katlarda tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari b-n shu-g’ullanish uchun maxsus ruxsatnoma. Davlatdan bunday P.ni sotib olish tad-birkorlarni (odat- da, yakka tartibdagi tadbirkorni) bundan keyingi (bir yilga yoki boshqa davrga) soliqlar to’lashdan ozod etadi.