AQL
AQL — inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqelikka bo’lgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati. Aql ob’yektiv dunyo narsahodisalarining muhim qonuniy aloqa munosabatlarini aks ettirish va shu tariqa voqelikni ijodiy o’zgartirish imkonini beradi. Fikrning teranligi, tanqidiyligi, uyg’unligi, kengligi va tezligi Aqlning eng mug’im sifatlari hisoblanadi. Aql yashash sharoiti ta’sirida, faoliyat va ayniqsa ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlanadi. Bir necha falsafiy oqimlarda Aql oliy ibtido va mohiyat (panlogizm), insonlarning bilishi va xulqi asosi (ratsionalizm) deb tushuniladi. Marifat parvarlik davrida Aqlga sig’inish kuchaygan.