MUHAMMAD MIROLIM BUXORIY

MUHAMMAD MIROLIM BUXORIY (19-a.) — buxorolik tarixchi olim. Amir Nasrullaxon (hukmronligi: 1826-1860) davrida Huzor (G’uzor) hokimi Muhammad Olimbekning xiz- matida bo’lgan va uning topshirig’i b-n “Fathnomai Sultoniy” (“Sulton fath-nomasi”) tarixiy kitobini yoz- gan. Asar muqaddima va 29 bobdan ibo- rat. U Amir Shoxmurod (hukmronligi: 1785-1800) davridan to Amir na- srullaxon hukmronligining dastlab- ki yillarigacha Buxoro amirligida bo’lib o’tgan voqealarni o’z ichiga oladi. Shohmurodning Afg’oniston hukmdori Temurshohga qarshi harbiy yurishlari tasvirlangan. Muarrix Nasrullaxon davri voqealarini batafsil yoritadi. Uning va-Foti tufayli asarning 2qismi yozilmagan. “Fathnomai Sultoniy”ning Muhammad Murod Samarqandiy. “Rustam filni o’ldirishi” (16-a. oxiri, Firdav- siyning “Shohnoma” asariga ishlangan). 1qismi o. Chexovich tomonidan rus tiliga tarjima qilingan (lekin, nashr etilmagan). Asar qo’lyozmasi va ruscha tar – jima O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. Ad.: Saidqulov T., O’rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosli- gidan lavhalar, T., 1993; Ahmedov B., O’zbekiston tarixi manbalari, T., 2001.