AQLI RASOLIK
AQLI RASOLIK — odamning ruhiy jihatdan sog’lom holati; jinoyat huquqida shaxsning sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishini jinoyat deb hisoblash va jinoiy javobgarlikka tortishning huquqiy shartlaridan biri. Aqli raso shaxs har qanday jinoyatni sodir qilganda o’z harakat yok harakatsizligining jinoyat ekanligini anglaydi va undan kelib chiqadigan oqibatni biladi. Jinoyat huquqida jinoyat uchun javobgar bo’la oladigan Aqli rasolikning ikki mezoni nazarda tutilgan bo’lib, bular kishi jinoyat sodir qilish paytida o’z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagani; o’z harakatlarini boshqara olganligidir. Jinoyat sodir qilgan shaxsni javobgarlikka tortish masalasi qo’yilgan vaqtda uning aqli rasoligi tekshirib kuriladi. Agar jinoyat ishini tergov qilish yoki sudda kurish paytida uning aqli rasoligiga shubha tug’ilsa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi, u shaxsni akli raso deb xulosa bersa, uni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi qo’yiladi.