MUVAQQAT FARG’ONA Hukumati

MUVAQQAT FARG’ONA Hukumati, Farg’ona muvaqqat mux- toriyat hukumati — Farg’ona vodiysi- da Madaminbek boshchiligida tuzilgan hukumat (1919.22.10—1920.6.3). Sovet rejimiga va qizil armiyaga qarshi ku- rashayotgan Farg’ona harbiy muxolifati tomonidan Pomirning Ergashtom ovu- lida bo’lgan anjumanda tashkil topgan. Hukumat tarkibiga Madaminbek bosh vazir va oliy bosh qo’mondon, krestyan- lar armiyasining raxbari polkovnik K. Monstrov unga o’rinbosar, generalmay- or Muxanov harbiy vazir, yirik savdo- gar Hakim-jon Azizxonov moliya vaziri, advokat Nensberg ichki ishlar va Adliya vaziri, shuningdek, Sulaymon Kuchukov, Plotnikov, Fenin va b. (16 musulmon va 8 rus) vazir sifatida kiritilgan. 1919 y. okt.da Madaminbekning qarorgohida ko’p davlatlarning rasmiy vakillari bo’lgan. M.F.h.ning nufuzi esa Farg’ona xalqi o’rtasida juda kuchli bo’lgan. 1919 y. okt.da 150 tacha qo’rboshi dastalari 4 ta yirik lashkarboshi: mada- minbek, katta Ergash, Shermuhammadbek, Xolxo’ja Eshon boshchiligida birlashti- rilgan. Mazkur dastalarning har biri- da sobiq podsho armiyasi ofitserlari va turk zobitlaridan tashkil topgan harbiy yo’riqchi lavozimi joriy qilindi. Shu- ningdek, istiqlolchilar qo’shini ora- sidan mustaqillik g’oyasiga sadoqatli, mard va Jasur yigitlar tanlab olinib, ular qo’rboshilarni tayyorlash maxsus kurslarida o’qitildi. Ular tajribali qo’mondonlardan Sharq harbiy san’ati- ni o’rgandilar. O’sha davr voqealarining bevosita shohidi Alixonto’ra so- g’uniyning yozishicha, bu kurslarda harbiy mashg’ulotlar “Temur tuzuklari” asari asosida o’rgatilgan. M.F.h – huzurida xorijiy mamla- katlardan qurol-yarog’sotib olish b-n shug’ullanadigan maxsus idora, shuning- dek, hukumatning maqsad va vazifalari- ni xalqqa tushuntirish b-n shug’ullanuvchi g’oyaviy uyushma ham tashkil etilgan. Uyush- ma, asosan, varaqalar, chaqiriqlar, muro- jaatnomalar va bayonotlar nashr qilish hamda ularni qo’shin va xalq o’rtasida tarqatish b-n shug’ullangan. 1920 y. boshlarida Rossiya marka- Zidan Farg’ona vodiysiga kizil ARMi- yaning yangi qismlari tashlangach, bir qator janglarda Madaminbek yigitlari mag’lubiyatga uchragan. Monstrov va Muxa- Nov qizil armiya tomoniga o’tgan. Mada- minbek b-n bolsheviklar o’rtasida sulh tuzilgach (1920.6.3), M.F.H. o’z-o’zidan tarqalib ketdi. Ad.: Turkestan v nachale XX veka: v istorii istokov nasionalnoy nezavi- simosti, T., 2000; O’zbekistonning yangi tarixi [2-kitob], O’zbekiston sovet mu- stamlakachiligi davrida, T., 2000; Raja- bov K,., Xaydarov M ., Turkiston tarixi (1917-1924), T., 2002.