MUZAYYANA ALAVIYA

MUZAYYANA ALAVIYA (1909.20.4. Toshkent viloyati Piskent tumani — 1988.3.3, Toshkent) — shoira, folklor- shunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1968). Samarqand pedbilim yurti (1928-30), Nizomiy no- midagi Toshkent ped. in-ti (1934-38) da o’qigan. Toshkent shahar maktabla- rida o’qituvchi (1930-40), O’zbekiston FA til va adabiyot in-tida kichik (1940-59), katta ilmiy xodim (1959— 88). M.A.ning “bugungi men” nomli birinchi she’ri 1927 y. “Maorif va o’qituvchi” jur.da bosilgan. Xalq ijod- korlaridan ko’plab folklor asarlarini yozib olgan va nashrga tay-yorlagan (“oq olma, qizil olma”, 1972; “Sovet davri qo’shiqlari”, 1983 to’plamlari; “inti- zor”, 1964, “dalli”, 1972 dostonlari). O’zbek xalq qo’shiklarining badiiy-este- tik xususiyatlari, marosim folklori bo’yicha tadqiqotlar olib borgan. “Oda- miylik” (1964), “dil nidosi” (1967), “Yon qo’shnim, jon qo’shnim” (1974) kabi risolalari odob-axloq masalalari – ga bag’ishlangan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureate (1973). As: Sevinchlarim, T., 1959; O’zbek xalq qo’shiklari, T., 1959; O’zbek xalq marosim qo’shiklari, T., 1974. Ad.: Qodirova M., Muzayyana Alaviya, T., 1968.