Mirzo
Mirzo (taxallusi; asl ismi Muhammadrasul Niyozmuhammad o’g’li, 1840. 1. Xiva — 1922) — shoir, tar- jlmon, xattot, bastakor. Komil Xoraz- miyning o’g’li. Xivadagi Sherg’ozixon ma- drasasida o’qigan. Xiva xoni Muhammad Rahimxon II — Feruz saroyida otasidan so’ng mirzaboshi bo’lgan. M.ning lirik merosi o’zi tuzgan “marg’ub un-nozirin” (“Nazar soluvchilarga yoqimli tuhfa”) devoniga jamlangan, unda 7650 Miera she’rlar mavjud. Ushbu devon 1907-09 y.larda Xivada toshbosma usulida nashr etilgan. M. tarjimon sifatida Firog’iyning “Ra’no va Zebo”, Fuzuliyning “Soqiynoma” (yoki “Haft jom” — “etti qadaq”), Ahmad al-Buniyning “Shams ulmaorif” (“maorif kuyoshi”), Mavla- viy Abdulhaqning “Fazoil ul-Qur’-on” (“Qur’on fazilatlari”) asarlarini, “Tib” kitobidan “Tuhfat ul-mo”minin” (“Mo’minlarga tuhfa”) asarining bir bobi va “daqoyiq ul-Axbor” (“nozik ma’noli xabarlar”) asarlarini fors va Arab tillaridan o’zbek tiliga o’girgan. M. nasx va nasta’liq xatlarini ni- hoyatda go’zal yozgan. Laffasiyniit yozi- shicha, M. 500 dan ortiq kishiga xattot- lik hunarini o’rgatgan. M. tanbur, rubob, g’ijjak va childirma chalishda mahorat va iste’dodga ega bo’lgan. U musiqa bo’yicha Feruzning ustozidir. Bastakor sifati- da Xorazm “Shashmaqom”ining “rost” maqomiga “sa’b” va “Ufori” kuylari- ni bastalagan; yarim maqom hisoblangan “Panjgoh” maqomiga bir qancha kuy- larni qo’shib, to’liq bir maqom holiga keltirgan. Xorazm maqom kuylarini Komil Xorazmiy joriy etgan chiziqli notaga ko’chirib, kitob holiga keltir- gan. Madrasalarda Arab va fors tilla- ridan mudarrislik ham qilgan. U o’zi qurdirgan madrasada dafn etilgan. M. devoni, ko’lyozmalari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qo’lyozmalar fondi- da saqlanadi (inv. № 1500, 6947, 1125). Ibrohim Karimov.