Miraliev Turob
Miraliev Turob (1872 – Toshkent — 1951) — laganpaz kulol, Toshkent ku- lollik maktabining yirik namoyandasi. Kulollikda lagan yasash va uni bezashda (“Turob laganpaz” nomi b-n) mashhur bo’lgan. Otasi usta Mirvalidan hunar o’rgangan. 1923 y.dan “Jo-non” Arte- lida kulol, so’ng Toshkent badiiy o’quv i.ch. k-tida bosh usta bo’lib ishlagan. M. yaratgan buyumlar bezagi o’ziga xos, o’simliksimon naqshlari nafis va Jozi- bali, laganlar bezagi mujassamoti Mar- kaziga turli tasvirlar (kishilar qiyofasi va b.)ni joylashtirgan; chizma gul solish- ning o’ziga xos uslubini rivojlantir- gan. M.ning asarlari respublika va chet mamlakatlar ko’rgazmalarida (jumladan, Parij xalqaro ko’rgazmasida kumush me- dal va diplom b-n) baholangan.