Meteorologiya
Meteorologiya (Yun. Meteora — atmosfera va osmon hodisalari va …logiya) — er atmosferasi va unda sodir bo’ladigan fizik jarayonlar- ni o’rganadigan fan. M.ning asosiy bo’limi — atmosfera fizikasi. Atmos- feradagi kimyoviy jarayonlarni kimyo atmosferasi, atmosfera omillarining biologik jarayonlarga ta’sirini bio- meteorologiya o’rganadi. Atmosfera Er sirti b-n doimo o’zaro ta’sirda bo’lgani uchun M., shuningdek, suv havzalarining ustki qatlami va tuproqning issiklik rejimi, havoning tuproq yoki suv b-n issiklik almashuvi, bug’lanish va b.ni o’rganadi. Atmosfera uchun birdanbir energiya manbai bo’lgan Quyosh nuri oqimi masalalari b-n ham shug’ullanadi. Atmos- fera hodisalarini o’rganishda M.da Fi- zikaning turli sohalarida, jumladan, gidromexanika, termodinamika va b.da qo’llaniladigan umumiy qrnunlardan foydalaniladi. Ayni paytda atmosfera jarayonlari sodir bo’layotgan geografik holat inobatga olinadi. Shu sababli, M. geofizika fani majmuiga kiradi. M.ning kattagina bo’limi iqlim masala- lariga bag’ishlangan bo’lib, alohida fan sifatida iqlimshunoslik nomini olgan. Atmosferaning yuqori qatlamlari Fi- zikasi va kimyosi b-n aeronomiya bo’limi shug’ullanadi. M.ning bir qancha mustaqil tarmoqlari mavjud bo’lib, bularga — aktinometriya, dinamik meteorologiya, sinoptik meteorologiya, atmosfera op- tikasi, atmosfera elek-tri, aerologiya va b. kiradi. Shuningdek, M. amaliy va nazariy M.ga bo’linadi. Bundan tashqari, biror sohaga xizmat qiladigan tarmoq M.si mavjud. Bularga aviasiya, q.h., tib- biyot, kosmik, yadro, dengiz meteorologi- yasi va b. kiradi va, ko’pincha, ular umum- lashtirilib tatbiqiy (amaliy) M. nomi b-n yuritiladi. M. insonning amaliy faoliyati nati- jasida vujudga kelgan, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning o’zgarishi va tabiiy fanlarning ravnaq topishi b-n bog’liq holda rivojlandi. M. sohasidagi dast- labki tadqiqotlar antik davrga oiddir. Qad. madaniyatga ega bo’lgan mamlakatlar (Xitoy, Hindiston, Misr va b.) da me- teorologik kuzatishlar juda ko’p yil- lar ilgari olib borilgan. Zamonaviy ilmiy M. asosi faqat 17-a.ga tegish- li deyish mumkin. 17-a.ning 1-yarmida G. Galiley va E. Torrichelli barometr va termometrii ixtiro qilganlaridan keyin M. tez rivojlana boshladi. 17— 18-a.larda M. mustaqil fan sifatida tarkib topdi. 17-a. ning oxiri va 18-a. ning 1-yarmida atmosfera hodisalarini nazariy tu-shuntirishda va miqdoriy qonuniyatlarini aniqlashda ba’zi tajri- balar, jumladan, E. Galley (1735) ning passat va mussonlar nazariyasi, birin- chi barometrik formulasini, P. Buger (1729)ning atmosferada radiasiyaning kuchsizlanish krnuni va b.ni aniqlashda ba’zi tajribalar o’tkazildi. 18-a.ning o’rtalarida rus olimlari M. V. Lomono- sov va g. V. Rixman, amerikalik olim V. Franklin tomonidan atmosfera elektri bo’yicha tajribalar o’tkazildi. 19-a.ning boshlarida A. Gumboldt erning birin- chi iqlim xaritasini tuzdi. Jahonda dastlabki Bosh fizika (hozirda geofi- zik) rasadxonasi 1849 y.da Peterburgda tashkil etildi. 19-a.ning o’rtalarida Antarktidadan boshqa barcha qit’alarda meteorologik st-ya davlat tarmogi tash- kil etilib bo’lgan edi. Bu davrda mu-him meteorologik asboblar, t-ra o’lchovidan namlikni aniqlaydigan avgust psixro- metri (1825), kosali barometr, aneroid (1847), termograf, aktinometr yaratildi. U paytlarda M. fizika fani sifatida rivojlandi, lekin tadqiqotlar kuza- tish materiallarini statistik tahlil yo’nalishi bo’yicha olib borildi. M.ning yangi davri sinoptik usullar- ning taraqqiyoti b-n boshlanadi. Obhavo xizmati tuzildi. 19-a.ning 50-y.lari- da ingliz gidrografi va meteorologi R.Fisroy va frantsuz olimi u. Levere- lar elektrik telegrafdan foydalanib, obhavoni prognoz qilish maqsadida amaliyotda kundalik obhavo xaritasini tuzishni tatbiq etdilar. Sinoptik M. b-n bir vaqtda dinamik M. ham rivoj- lana bordi. M. rivojlanishida 20-a. ning 30-y.larida atmosferaning yuqori qatlamlarini o’rganishda radiozondlar- ning uchirilishi muhim o’rin tutadi. Bu davrda obhavoni o’rganishda aviasiya xizmatiga talab orta boshladi. Meteo- rologik kuzatish tarmoqlari va xizmati okeanlarga, tropik mintaqa, Arktika va Antarktikada keng yoyila boshladi. Obhavo xaritalarini va b. material- larni faksimil uzatishda telealoqadan foydalanish kengaydi; avtomatik Mete- orologik st-yalar paydo bo’ldi; meteoro- logiya maqsadida radiolokasiya, raketa snaryadlari va b. tatbiq etila boshlandi. Obhavo hodisalariga faol ta’sir etish ishlari ham rivojlandi. M. O’zbekistonda 1921 y.da Toshkentda Turkiston meteorologiya in-ti (Turkmet) tashkil etilgandan keyin rivojlana boshladi. Shu yilning kuzida Turkmet- da sinoptika bo’limi tashkil etilib, obhavo ma’lumotlariga ega bo’lgan Byul- letenning 1nashrini chiqara boshladi va Turkiston hududi bo’yicha sifatli kunda- lik prognoz tay-yorlashga kirishdi. 1925 y.dan bu in-t O’rta Osiyo meteorologiya in-ti (Sredazmet) deb atala boshlandi. 1927 y. noyabr oyidan o’zining bosmaxo- nasida oylik obhavo meteorologiya Byul- letenini muntazam ravishda nashr eta boshladi. Xalq xo’jaligining rivojlanishi meteorologik ta’minotni q. x., chorvachi- lik, irrigasiya, aviasiya va uning boshqa tarmoqlari uchun kengaytirish talabini qo’ydi. Yangi talablarga muvofiq, gidro- metxizmatni qayta tashkil etish va yangi bo’limlar bunyod etish amalga oshirildi, ular bajaradigan ish doiralari kengay- tirildi va tadqiqot ishlari kuchaytiril- Di. O’zbekistonlik olimlar va amaliyot- chilar faqatgina shu xudud gidrometeoro- logiyasini batafsil o’rganibgina qolmay, balki M. fani sohasida umumjahon bi- limga katta hissa qo’shdilar. M.ning hoz. bosqichida fizika va tex- Nikaning yangi yutuklari — radioloka- tsiya usullari, meteorologik yo’ldoshlar, elektron hisoblash mashinalari va b. keng ko’llanilmoqda. M. sohasida ilmiy va amaliy ishlar O’zbekiston Respubli- kasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologik Bosh boshqarmasida, O’zMUning fizika va geogr. fakultetla- ri va b.da olib borilmoqda. Ad.: Tverskoy P.N., Kurs meteorolo- gii (fizika atmosferi), L., 1962; xro- mov S. P., Meteorologiya i klimatologiya dlya geograficheskix fakultetov, L., 1964; Xromov S. P., Mamontova L. I., Meteorologicheskiy slovar, L., 1974; Zverev A.S., Sinopticheskaya meteorolo- giya, L., 1977. Tohir Muxtorov.