Mustafin G’abiden

Mustafin G’abiden [1902.13(26).11, Akmolinsk uezdi, hrz. Qarag’anda viloyati Telman tumani — 1985, olma-ota] — Qozog’iston xalq yozuvchisi (1984). Qozog’iston FA mux- bir a’zosi (1958). Qozog’iston Yozuvchi- lar uyushmasi raisi (1953-56), mas’- ul kotib (1962-64). Ilk hikoyalar to’plami — “er shoyin” (1929). Ish- chilar hayotiga bag’ishlangan “hayot va o’lim” romani (1941) qozoq prozasining ilk namunalaridan, “chi-g’anoq” (1945), “Qarag’anda” (1952), “Bo’rondan so’ng” (1959), “ko’z ko’rgan” (1qism, 1963) kabi qissa va romanlarida qozoq xalqi turli tabaqalarining hayoti, ishchi-shaxtyorlar va yoshlarning fidokorona mehnatlari o’z ifodasini topgan. M. O’zbekistonga bir necha marta kelgan (1958, 1960). O’zbek adiblari b-n yaqin aloqada bo’lgan. Asar- lari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Abay nomidagi Qozog’iston Davlat muko- Foti laureati (1953). Ac: Qaraganda, Roman, T., 1956; Chig’anoq, Roman, T., 1962.