MURCHIL

MURCHIL — jangovar tartib; Amir Temur armiyasi harbiy yurishga otlan- ganda mavjud in-tizom va qoidaga buy- sunilgan. M.ga binoan har bir sarkarda o’z bo’linma yoki qismlari b-n egallab turgan mansabiga ko’ra safdan o’rin ol- gan. Sharafuddin Ali Yazdiyning “Za- farnomasi”da qayd etilishicha, yuzlik, minglik, qo’shin beklari o’z askarlari- ga boshchilik qilgan holda guruh-guruh bo’lib, M.ni tashkil qilgan. M.ning bu- zilishi, muayyan, yuzlik, minglik yoki tu- man o’rnini boshqa yuzlik, minglik yoxud tumanning egallashi qat’iy taqiklangan. M.da uz guruhidan adashgan jangchilarga jazo berilgan.