Musaev Meli

Musaev Meli (1914.1.1 — Toshkent — 1969.17.12) — teatr rassomi, Uzbeki- ston xalqrassomi (1950). Samarqand ras- somlik bilim yurtida o’qigan (1928-30). 1931y.dan Uzbekiston davlat musikali teatrida ishlagan. Dastlabki yirik ishi — “Farhod va Shirin” (1937, Xurshid) spektaklini (ustozi S.Afanasev b-n hamkorlikda) bezagan. M. yaratgan sahna bezaklari yorqinligi, mahobatli va ta’- sirchanligi, spektakl ruhiga mosligi b-n diqqatga sazovor: “Nargiz” (1939, M.Ma-gomaev), “oq bilak” (1943, S. Va- Silenko), “Gulsara” (1949, T.Sodiqov va R.Glier), “etti go’zal” (1955, q.Qoraev), “Maysaraning ishi” (1959,S.Yuda-kov), M.Ashrafiyning “Dilorom” (1958), “Shoir qalbi” (1967), “Sevgi tumori” (1969, Hamza mukofoti, 1970), “Xorazm qo’shig’i” (1964, M. Yusupov) va b.