Musamuhamedov Yusuf
Musamuhamedov Yusuf (1888 -Toshkent — 1968) — O’zbekiston mat- baasining asoschilaridan. Mehnat FA- oliyatini 20-a. boshida V.M.Ilinga qarashli xususiy tipografiyada bosh- lagan. 1920-22 y.larda Toshkentdagi 1-bosmaxonani tashkil etishda qatnashgan va shu bosmaxonada 1932 y.gacha ishla- gan. O’zbekiston matbuot boshqarmasi boshlig’i muovini (1931-34). 50-y.larda respublikada matbaa kadrlarini tayyor- lash, Bosmaxonalar tashkil etishda kat- ta tashkilotchilik ishlari olib borgan. Matbaachilar uchun mo’ljallangan “bos- ma ishlari” (1939, 1950) kitobi nashr etilgan. O’g’li Yusupov Yunus Yusupovich (1907-1995) -o’zbek matbaasi asoschila- ridan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1967). 1924-35 y.larda tosh-kentning eski shahar na- munali bosmaxonasida harf teruvchi- ga shogird, harf teruvchi va bosmaxona direktori. 1935-37 y.larda partiya ishlarida, 1944-45 y.larda Toshkent- dagi I-bosmaxona direktori. 1946 y.dan O’zbekiston matbuot boshqarmasi, keyin- chalik Uzpoligrafnashr boshlig’i. 1964— 78 y.larda “fan” nashriyoti direktori. Ad.: Boboxonov A., O’zbek matbaasi ta- rixidan. T., 1979.