Musaxonov Mirzayusuf Mirzamahmudovich
Musaxonov Mirzayusuf Mirzamahmudovich (1943.10.9, Toshkent) — fizik olim, O’zbekiston FA akad. (1995), fizikamat, fanlari D-ri (1982), prof. (1982). Moskva untini tugatgan (1967). Toshkent unti (hoz. O’zbekiston milliy unti) nazariy fizika ka-fedrasi mudiri (1982 y.dan). Ilmiy ishlari ele- mentar zarralar fizikasiga, asosan, kvant xromodinamikasi (KXD) ga oid. Uning rahbarligida kichik impulsli pi-onlar usuli asosida pionlar va oz zarrali nuklonlar sistemasining o’zaro ta’siri uchun yangi ko’p martali sochilish nazariyasi ishlab chiqildi, KXD ning kiral xossalarini hisobga oladigan yangi kvark modeli — kiral beg modeli taklif qilindi. Kiral kvark modella- ri; kvantlangan maydonlar nazariyasi; nuklonlar uchun kiral nazariya; kichik energiyali soha uchun Kxdning effektiv ta’siri va b. ishlab chiqildi. Ular aso- sida KXD dagi fizik jarayonlar ilmiy izohlab berildi. Beruniy nomidagi O’zbekiston dav- lat mukofoti laureati (1983).