Mas’udiy
Mas’udiy, Abul Hasan Ali ibn al-Husayn Ali al-mas’-Udiy (9-a. oxiri, Bag’dod — 956 yoki 957, Fustot, Misr) — Arab tarixchisi va sayyohi. 915-945 y.larda M. Eron, Hindiston, Shri Lanka, Shim. Afrika, Zanjibar, Movarounnahr, Xitoy, Ozarbayjon, Ar- manistonda sayohatda bo’lgan, keyinchalik Suriya va Misrda yashagan. Bilimning turli sohalari (tarix, falsafa, fiqh)ga oid muhim asarlari (20 dan ortiq) dan faqat bir nechtasigina saqlangan. Eng muhim asari “Muruj uzzahab va ma’odin aljavohir” (“Oltin yaylovlar va javo- hirlar koni”)da mamlakatlar, dengizlar va tog’lar, turli xalqlar (shu jumladan, slavyanlar) haqida ma’lumotlar, yunon- lar, rimliklar to’g’risida yarim afsona hikoyalar, arablarning 10-a. 40-y.lari- gacha bo’lgan tarixi bayon qilingan. 30 jildli “kitob utta’rix Fi Axbor il- umam min al-Arab va l-Ajam” (“Arab va Ajam xalqlari tarixi”) asarining 20 jildi Istanbul sh.dagi Ayo-Sofiya ku- tubxonasida saqlanadi. M.ning “kitob uttanbih va al-ishrof” (“ogohlantirish va boshqarish haqida kitob”) asarini gollandiyalik arabshunos de Gue 1894 y.da Leyden sh.da nashr etgan. Yana uning “Xazoin ul-mulk va sirr ul-olamayn” (“Davlat xazinalari va ikki olam sir- lari”), “kitob rasoil” (“risolalar ki- tobi”), “kitob ulmaqolot” (“Maqolalar kitobi”), “kitob Axbor azzamon va ajoy- ib ul-buldon” (“zamon xabarlari va mamlakatlar ajoyibotlari haqida ki- tob”) yoki “kitobi avsat” (“o’rtacha ki- tob”) kabi asarlari bo’lganligi ma’lum. M.ning asarlari Arab xalifaligi, 10-a. dagi Sharqiy Evropa xalqlari, Kavkaz va O’rta Osiyo tarixi bo’yicha muhim manba- dir.