MAKROS’YOMKA
MAKROS’YOMKA, makrosuratga olish — ko’zga ko’rinadigan (makro-SKO- pik) narsalar (ob’ektlar yoki detallar) ni oddiy suratga olishdagiga nisbatan yirikroq (1:5 dan 20:1 gacha) masshtab- da fotosuratga olish yoki ki-notasvirga tushirish. Odatda, mayda va o’rtacha kat- talikdagi narsalar uchun qo’llaniladi. M. qisqa masofa (optik tizimning 6,0— 1,05 fokus masofasi)dan turib bajari- ladi. M. ob’ekt yoki detallarning oddiy ko’z b-n ilg’ab bo’lmaydigan qismlari yoki tuzilishini suratdagi tasvir yoki ekranda ko’rsatishga imkon beradi. M.da ob’ektlarni parallakssiz (o’zgarishsiz) qayd qilish (q. Parallaks) qurilmasi b-n ta’minlangan foto – va kinoappara- turalardan foydalaniladi. Bu apparat- larning ob’ektivlari qisqa fokusli (fokus masofasi 20 mm dan kichik) yoki oddiy (fokus masofani qisqartiruvchi linzali) bo’ladi. M., asosan, i. t. ishla- ri uchun ilmiy-ommabop va o’kuv fil- mlari yaratishda, texnik maqsadlarda qo’llaniladi.