MAKTABGACHA TA’LIM BOLALAR MUASSASALARI

MAKTABGACHA TA’LIM BOLALAR MUASSASALARI – maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy tarbiya muassasalari. O’zbekistonda bu muassasa- larga bolalar yaslisi, yas.sh-bogcha, bolsi- ar bo/chasi kiradi. M.t.b.m. 2 bosqichdan iborat. l-bosqich bolalar yaslisi bo’lib, u 2 yoshdan 3 yoshgacha bulgan bolalarni qamrab oladi. Bu bosqichda bolalarni aqliy va jismoniy rivojlantirish. nutqini shakllantirish, ularni moddiy borliq, atrof-olam b-n tanishtirish hamda gigiena masalalari bo’yicha amal- dagi tayanch dastur asosida ta’limtar- biya beriladi. 2-bosqich bolalar bogchasi bo’lib, 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar- ni kamrab oladi. Bu bosqichda bolalar- ning nutqini rivojlantirish, ularning ma’naviy kamolotini ta’minlash, jis- Moniy jihatdan baquvvat bo’lishlari uchun yo’naltirilgan ta’limtarbiya ja- rayoni amalga oshiriladi. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ham M.t.b.m. mavjud bulib, ular maxsus dastur hamda texnik vosita- lar b-n ta’minlangan. O’zbekistonda M.t.b.m.ning moddiy texnika bazasi hamda metodik ta’mi-no- tini yaxshilashga qaratilgan bir qator qarorlar qabul qilingan. M.t.b.m. uchun joriy qilingan “uchinchi ming yillik- ning bolasi” tayanch das-turi ped. va psi- xologiya fanlari yutuklari xamda davlat va jamiyat talablariga tayangai holda yaratilganligi b-n alohila ahamiyatga ega. Davlat va nodavlat M.t.b.m. mavjud. Ular qaysi tashkilot qaramogida bo’lishidan qat’i nazar O’zR Xalq ta’- limi vazirligi uni kadrlar b-n ta’min- laydi va faoliyatiga ilmiy-pedagogik jihatlan rahbarlik qiladi. M.t.b.m. uchun tarbiyachi va metodistlar Toshkent ped. unti, ped. in-tlari va kollejlarida tayyorlanadi. 2002 i. O’zbekistonla 6865 M.t.b.m. bo’lib, ularda 640 mingdan ortiq bola tarbiyalandi.