MALOYAROSLAVES JANGI

MALOYAROSLAVES JANGI – Frantsiya-Rossiya urushi (1812) davrida Maloyaroslaves sh. (RF) ostonasida rus va frantsuz qo’shinlari o’rtasida bo’lgan jang[1812 y. 12(24) okt.]. 1812 y. 6 okt. Da marshal Myurat avangardini Chernishnya daryosi bo’yida engilishi Napoleon I ar- miyasini Moskvadan chekinishini tezlat- Di. Napoleon Kaluga orqali Smolensk sh.ga chekinishni rejalashtirib, oziq- ovqat omborlarini egallash maqsadida va kelgusida G’arbiy Dvina va Dnepr Daryo qirg’oklarida mudofaa chizig’i barpo etib, u erda mustahkam joylashib olib, shu erdan 1813 y. yangi hujumni boshlash niyatida bo’lgan. Napoleon rejasidan xabar topgan M.I.Kutuzov 10 okt.da Ge- neral D.S. Doxturovning 6-piyoda kor- pusi va l-otliq korpusni Napoleon ar- miyasi yo’lini to’sishga jo’natgan. 12 okt. da ruslar Maloyaroslavesdan frantsuz- larni quvib chiqarishgan. Biroq, Fran- suzlarning E. Bogorne qo’mondonligi ostidagi 1korpusi M.ni kaytadan egal- lab olgan. Yangi kuchlar yordamga kelishi b-n jang keng tus olgan. Unda har ikki tomondan 25000 askar katnashgan. Malo- yaroslaves 8 marta qo’ldan qo’lga o’tgan. Kechga borib shahar Fran-suzlar qo’lida qolgan. Frantsuzlar 5000, ruslar 3000 askarini yo’qotgan. 13 okt. da ikki tomon hal qiluvchi jangga tay-yorgarlik ko’ra boshlagan edi, lekin Napoleon 14 okt.da qo’shiniga Smolensk yo’li bo’ylab cheki- nishga buyruq bergan. M.j., ruslarning strategik g’alabasi bo’lib, tashabbus rus- lar qo’liga o’tgan. Moskva jangi (1941— 42) vaqtida Maloyaroslaves r-nida shid- datli janglar bo’lgan. Shaharni 1941 y. 18 okt.da nemis fashistlar egallagan edi. Sho’rolar armiyasi 1942 y. 2 yanv.da shaharni ozod etgan. Maloyaroslavesda 1812 y.gi Vatan urushi muzeyi mavjud.