Mambetov Kamol
Mambetov Kamol (1940.14.05, Kegeyli tumani — 2001.10.9, Nukus) — Qoraqalpoq xalq yozuvchisi (1995). Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1990), Filol. fanlari D-ri (1985), prof. (1990). ToshDUning Filo- logiya f-ti jurnalistika bo’limini tugatgan (1963). “Erkin Karakalpak- Stan” gaz.da muharrir (1963-64), un-t qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi mudiri (1976-81), Filol. f-ti dekani (1984— 86), un-t rektori (1986-88), kafedra mu- diri (1988 y.dan), Qoraqal-pog’iston Re- spublikasi Jo’qorg’i Ken-GESi ijtimoiy rivojlanish, fan va madaniyat qo’mitasi raisi (1995-96). M.ning “Turnalar” (1974) hikoyalar to’plami, “men uni sevaman” (1982) qissasi, “vijdon” (1991), “Turkiston” (1994) romanlarida qoraqalpoq xalqi turmush tarzi, muam- molari, quvonchu tashvishlari aks etgan. M.ning ilmiy faoliyati qoraqalpoq ada- biyoti tarixi, shakllanish bosqichlari o’zaro ta’sir va adabiy aloqalari ma- salalariga, shuningdek, adabiyot tarixi mu-ammolariga bag’ishlangan. Darslik va qo’llanmalar yozgan (“qadimgi Qoraqal- poq adabiyoti”, 1991; “adabiyot nazari- yasi”, 1995; Lotin grafikasi asosida qoraqalpoq adabiyoti, 2000). Berdaq no- midagi Qoraqalpog’iston Davlat mu- kofoti laureati (1991). Ac: XX asr qoraqalpoq adabiyotida Sharq klassik an’analari, T., 1968; Navo- iy va qoraqalpoq adabiyoti, T., 1991.