Mambetova Suluvxon

Mambetova Suluvxon (1933.1.1, Chimboy) — qoraqalpoq aktrisasi va xonandasi. Qoraqalpog’iston (1963), Uz- bekiston (1969) xalq artisti. Nukus musiqaxoreografiya bilim yurtining vokal bo’limini tugatgan (1967). Chim- boy tuman teatri aktrisasi (1948— 50), Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston davlat filarmoniyasi (1950-67), Qoraqalpog’iston radio va televideni- esining xalq cholg’ulari orkestri (1967 y.dan) yakkaxon xonandasi. Shirali, ifo- daviy imkoniyatlarga boy ovoz sohibasi. Repertuaridan Qoraqal-poq xalq qo’shiqlari, “Alpomish”, “g’arib oshiq”, “Sayotxon Hamro” kabi dostonlardan par- chalar (“Miyan ko’l”, “Bibisanam”, “tog orasida”, “Eshboy”, “Muxalles”, “sa- nam keldi” va b.), zamonaviy qo’shiqlar (“Quvontirar meni”, “yangajon”, “duto- Rim mening”, “Oltin qo’llar”, “intizo- ringman” va b.), qoraqalpoq kompozitor- lari asarlari (A. Sultonov, “Gong sha- mollari”; X. Turdikupov, “Do’stimga”, “Shodlik sozi”; “Qadringni bil”, “Bo’lmasa” va b.), shuningdek, o’zbek (say- Fi Jalil, “noz etma”; M. Mirzaev “Ey, Vatan”, “sochlarim tolimtolim” va b.), turkman (“Avezim”, “Go’ro’g’li” dostoni- dan) va b. xalqlar qo’shiqlari o’rin olgan. Mame (o’zlarini mam deb atashadi) — Gvatemala (250 ming kishi) va Meksi- ka b-n qo’shni tumanlarda (10 ming kishi) yashovchi indeys xalqi. Mayyakiche oilasi- ga mansub tillarda so’zla-tshadi. Dindor- lari, asosan, katoliklar.