Makedon tili
Makedon tili — hindevropa tillar oilasiga kiruvchi Jan. slavyan tillaridan biri, Makedoniya Respubli- kasining rasmiy tili (2 mln. ga yaqin kishi so’zlashadi). Lahjalari g’arbiy, Sharqiy, shim. guruhlarga bo’linadi. Adabiy M.t.da 5 ta unli fonema (a, o, u, e, i)dan tashqari, “r” undoshi ham bo’g’in hosil qiladi. Urg’usiz bo’g’inlar reduktsiyasi uchramaydi. “X”dan boshqa barcha shovqinli undoshlar jarangli- likjarangsizlik bo’yicha o’z jufti- ga ega. Undoshlar qatorida qattiq — yumshoqlik kuzatiladi. Otlarda kelishik qo’shimchalari yo’q, sintaktik munosabat- lar analitik tarzda ifodalanadi. Fe’- llar murakkab zamon shakllari tizimiga ega. M.t. alifbosi kirill yozu-vmga, im- losi esa fonetik qonunqoidalarga asos- langan.