Manej
Manej (Frans. manege) — 1) to’g’ri to’rtburchak yoki doira tarhli, ichki kis- mi pardevorsiz bino yoki maydon. Ot sporti, engil atletika, gimnastika va sh.k. sport turlari bo’yicha mashg’ulot o’tkazish uchun qurilgan yopiq bino. Unda sport qurollari va jihozlarini saqlash uchun yordamchi xonalar bo’ladi. M.da tur- li sport o’yinlari, gimnastika, kurash kabilar bo’yicha mashg’ulotlar va xalqaro musobaqalar o’tkaziladi. Qishda isi- tish, yozda esa shamollatish uskunalari b-n jihozlanadi. Toshkentdagi “Yoshlik” sport majmuasi M.ining umumiy mayd. 3900 m (1500 o’rinli), zamonaviy tala- blar asosida qurilgan. “Jar”, “Yunu- sobod” tennis korti va turli viloyat- lardagi sport majmualarining M.lari diqqatga sazovor; 2) tsirk zali o’rtasiga aylana shaklda ishlangan tomosha maydo- ni, Arena.