Manjaniq
Manjaniq — toshotar harbiy qurilma. Eshilgan pay, tola yoki junning egiluvchanlik kuchi ostida harakatga keltirilgan. Qad. Yunoniston va Rim- da katapulta nomi b-n yuritilgan. Asosan, qal’a va qo’rg’onlarni qamal qilishda qo’llanilgan. M. Yordamida qamaldagilarga qarata tosh yadrolar irg’itilgan. Tosh topilmagan kezlarda turli daraxtlardan tayyorlangan g’o’la va kundalardan foydalanilgan. Xusu- san, mo’g’ul bosqinchilari Urganchni 7 oy davomida qamal qilish asnosida te- varak-atrofdan tosh topmay, tutning kundalarini kesib, M.qa solib shaharga otganlar. M.dan otilgan tosh, kunda, g’o’lalar bir necha yuz metrga borib tush- gan. M. qal’a, qo’rg’on devorlarini bu- zish, raxna ochish yoki bi-nolarni yakson qilish, shuningdek, qamaldagilarga qiron keltirish uchun ham mo’ljallangan. Amir Temur armiyasida xam M. Mavjud bo’lgan. Tikrit, Mordin kabi mustaham qal’alarni egallashda M. qo’l kelgan. O’rta Osiyoda 15-a.dan e’tiboran o’t so- chish quroli — to’p, zambarakning qator turlari qurollanishdan muhim o’rin egallashi sababli M.dan asta-sekin voz kechilgan. Toshotar qurilmaning M.qa nisbatan kichik turi arroda deb nomlan- gan. Ad.: Abulg’oziy, Shajarayi turk, T., 1992; Nizomiddin Shomiy , Zafarnoma, T., 1996.