Mantu sinamasi
Mantu sinamasi – teri orasiga tuberkulin yuborib sinab ko’rishdan ibo- rat allergikdiagnostik usul; odamda sil kasalligi bor-yo’kligini aniqlash, BTsJ vaktsinasi b-n emlanishi kerak bo’lgan kishilarni topish va ularni emlash sama- radorligini bilish, silning kechishini baholash maqsadida o’tkaziladi. Tuber- kulin sil mi-kobakteriyalaridan ajra- tib olinadigan oqsil tabiatli modda. Usulni frantsuz olimi Sh. Mantu 1908 y. taklif etgan. M.s.da 2 xil tuberculin ishlatiladi: Kox tuberkulini (KT) va to- zalangan tuberkulin (ing. PPD — purifi ed protein derivative). Ikkala tuberculin xalqaro talablarga javob beradi. 1952 y.dan boshlab Jahon sog’liqni saklash tashkiloti tomonidan xalqaro standart sifatida PPD qabul qilindi. Tuber- kulin faolligi tuberkulin birligida (TB) belgilanadi. Bir TB KT uchun 0,01 mg, PPD uchun 0,0002 mg ga to’g’ri keladi. M.s.da KT yoki PPD 2 TB 0,1 ml miqdorda bilak terisi orasiga yubori- ladi. Natijani 48 va 72 soatdan so’ng ko’riladi. Ukol qilingan joyda terining qizarishi va shish kuzatiladi, uning kat- takichikligiga qarab musbat yoki manfiy reaktsiya aniqlanadi.