Mansurov Muhriddin

Mansurov Muhriddin (1914.6.8, Namangan viloyati — 1988.7.1, Naman- gan) — O’zbekiston xalqartisti (1957). 1942 y.dan Namangan teatrida ishla- gan. “Maysaraning ishi” spektaklidagi Cho’ponali M.ning sahnadagi ilk obrazi- dir. M. san’-ati milliy xususi-yatlarga boyligi va o’ziga xosligi b-n bir qatorda yorqin dramatik aktyor hamdir. Ijodi- ga dramatik va foji-aviy rollar yaqin bo’lib, asosan, qahramonona, jasoratlar- ga qodir, irodali mard kishilar obrazi- ni yaratgan. Tabiatan kuchli, jarangdor (dramatik tenor) ovozga ega bo’lgan M., ayniqsa, musiqali spektakllarda kat- ta muvaffaqiyat qozongan. Haydar (K. Yashin; T. Jalilov, “Nurxon”), Tohir (S. Abdulla; T. Jalilov, “Tohir va Zuhra”), Majnun (Xurshid; T. Sodiqov, “Layli va Majnun”), Alpomish (S. Abdulla; T. Jalilov; B. Nadejdin, “Alpomish”), Farhod (K. Yashin; Yu. Rajabiy, “Farhod va Shirin”), Aziz, g’arib (A. Bobojon; K. Otaniyozov, “Aziz va sanam”, “oshiq G’arib”), Annadaba-bu (“Gang daryosining qizi”), Gloster, Gonzago (“Qirol Lir”, “Hamlet”), Boytemir (“sarvqomat dil- barim”), shay-xulislom (“Ibn Sino”) kabi o’tkir dramatik rollari b-n Shuhrat qozondi.