Maranyan

Maranyan — Braziliyaning shim.- g’arbiy qismidagi shtat, Atlantika oke- ani sohilida. Mayd. 333,3 ming km2. Aholisi 5,63 mln. kishi (2000). Ma’mu- riy markazi — San-Luis sh. M. hududi Braziliya yassitog’ligining shim. kismi va sohilbo’yi allyuviy pasttekisligidan iborat. Ikdimi sernam, subekvatorial iqlim. O’rtacha oylik t-ra San-Luis sh. atroflarida 21-3 g, yillik yogin 1900 mm gacha, Jan.-Sharqiy qismida 650— 1000 mm, sent.-noyabr oylari kurg’oqchil. O’simligi yassitog’larda kserofil buta- lar va siyrak o’rmonlar, pasttekislik qismida qimmatbaho daraxt turlari- ga boy sernam ekvatorial o’rmonlardan iborat. M. xo’jaligining asosini yirik dehqonchilikka asoslangan q. x. tash- kil etadi. Dehqonchilik, asosan, shim., sohilbo’yi hududlar va Daryo vodiylarida rivojlangan. Asosiy ekinlari — paxta, shakarqamish, tamaki, sholi. Shuning- dek, makkajo’xori, maniok, dukkaklilar ekiladi. Qoramol, cho’chqa, echki va qo’y boqiladi. Baliq ovlanadi. O’rmonlarda palma yong’og’i, kokos yong’og’i va b. yigila- Di. Yirik shakar z-dlari va to’qimachilik korxonalari mavjud. Yirik daryolarida kema qatnaydi. Alkantara sh. yaqinida dengiz suvidan tuz olinadi. Yirik por- ti — San-Luis.