MARKAZIY OSIYO HAMKORLIK VA TARAQQIYOT BANKI

MARKAZIY OSIYO HAMKORLIK VA TARAQQIYOT BANKI (MOHTB) -Markaziy Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy rivojlantirishga yordam ko’rsa-tuvchi xalqaro bank. 1994 yil 8 iyulda Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston Respublikalari o’rtasida “Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tashkil etish to’g’risida”gi qo’shma kelishuvga asosan ta’sis etilgan. Ta’sischilari O’zbekiston, Krzog’iston, Qirg’iziston hukumatlari. 1998 y.da davlatlararo kengashning qarori b-n Tojikiston Respublikasi ham bank ta’- sischilari sifatida a’zo qilib olindi. Bankning ustav kapitali 12 mln. AQSh dollari. Markaziy Osiyo Hamkorlshi tashkiloti katnashchilari bo’lgan mam-lakatlar Bosh vazirlari Kengashining 1997 y. 14 martdagi qarori asosida 1997 y. okt. oyida Toshkentda MOHTB ning sho”ba banki ochildi. Bank zimmasiga O’zR hududida respublika hukumati tomo- nidan kafolatlangan loyihalarni ham qo’shib, investisiya loyihalarini moli- yalash vazifasi yuklatilgan. MOHTB ol- maota sh.dagi Bosh bank xamda Toshkent va Bishkek sh.laridagi sho”ba banklardan iborat. MOHTB Toshkent sho”ba banki o’z faoliyati davomida uyali va xalqaro ro- uming alokalarini rivojlantirish dasturi bo’yicha “Koskom” qo’shma korxo- nasini 1 mln. AQSh dollari mikdorida mablag’b-n ta’minladi. Bundan tashqari, ipakni qayta ishlaydigan “Adeliya- baxt” aktsiyadorlik jamiyatiga 98 ming, kabel mahsulotlari ishlab chikaradi- gan “spektr” qo’shma korxonasiga 473,3 ming AQSh dollari miqsorida mablag’ ajratilgan. Sho”ba bank b-n xorijiy Dresdner Bank AG va Commers Bank AG o’rtasida vakillik munosabatlari o’rnatilgan. Sho”ba bankning ustav kapi- tali 4275 mln. so’m, majburiyatlari 996 mln. so’m, daromadi 1442 mln.so’m (2003 y. 1 yanv.). Shavkat G’iyosov.