MARKAZIY TEKISLIKLAR

MARKAZIY TEKISLIKLAR – Shim. Amerikaning o’rta qismidagi te- kisliklar (AKSH va Kanada hududida), sharqsa Appalachi tog’lari, g’arbda Buyuk tekisliklar, shim. va shim.-Sharqda Lav- rentiy qirlari va Jan.da Meksika bo’yi pasttekisligi oralig’ida. Shim. Ame- Rika platformasining Jan. qismiga to’g’ri keladi. Aksari qismining bal. 150-500 m. Hududining 40° sh.k.dan shimolini to’rtlamchi davrda muzlik qoplagan, relefi sertepa, ko’l ko’p. Buyuk kullar, Vinnipeg, Manitoba va b. ko’llar bor. Iklimi mo”tadil kon- tinental, eng Jan.da subtropik ikdim. Yanv.ning o’rtacha t-rasi shim.da — 20°, Jan.da 4°, iyulniki 19-26°. Yozi iliq, seryomg’ir. Yillik yog’in 400-1200 mm. M.t.hududining 3/4 qismi q.x.da foyda- laniladi: yaylov, qaydaladigan erlar, bog’lar, aholi punktlaridan iborat. Shim. qismi va Daryo vodiylarida ara- lash va keng bargli o’rmonlar uchraydi. Foydali qazilmalardan toshko’mir, neft, qo’rg’oshin, rux rudasi konlari bor. M.t. AQSh va Kanadaning muhim q.x. (g’allachilik va chorvachilik) rayonlari- dan. M.t.da Chikago, Detroyt, Klivlend sh. aglomerasiyalari joylashgan.