MARKAZIY HARBIY SPORT KLUBI

MARKAZIY HARBIY SPORT KLUBI (MHSK) – O’zR Mudofaa va- zirligining sport muassasasi, 1993 y.da tashkil etilgan. Qurolli kuchlar harbiy xizmatchilari hamda ularning oila a’zolari o’rtasida sportni omma- viylashtirish, yuqori mahoratli harbiy sportchilar tayyorlash vazifasini baja- radi. Shu maqsadda harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga chaqiriq yoshidagilar va o’smirlar o’rtasida turli toifadagi musobaqalar, Qurolli kuchlar birin – chiliklarini o’tkazadi. MHSK tosh- kentda 2 ta sport majmuiga ega. Mar- kaziy stadioni 15 ming tomoshabinga mo’ljallangan. Unda futbol va Basket- bol maydonlari, engil atletika uchun yo’lkalar, kurash va og’ir atletika zalla- ri, ochiq va yopiq basseyn bor, shuningdek, unga basketbol, 2 ta eshkak eshish baza- si qaraydi. Ikkinchi sport majmuida futbol maydoni, basseyn, yopiq va ochiq kort mavjud. MHS-kda 16 ta sport turi (basketbol, boks, velosport, voleybol, dzyudo, engil atletika, merganlik, og’ir atletika, suv polosi, taekvondo, ten- nis, t-RAM-Polin, futbol, erkin kurash, yunonrum kurashi, harbiytexnik turlar) bo’yicha mashg’ulotlar olib boriladi. Shug’ullanuvchilarga 28 nafar murabbiy boshchilik qiladi. Ulardan 8 nafari- ga “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustozi” faxriy unvo- ni berilgan. Boris Granatkin (boks), Hujat Tuhfatullin (velosport), Po’lat Sharipov (og’ir atletika) kabi taniqli murabbiylar harbiy sportchilar tayyor- lashadi. MHSK vakillarining 44 nafa- ri xalqaro toifadagi sport ustasi, 134 nafari sport ustasidir (2003). Harbiy sportchilardan 7 nafari “O’zbekiston iftixori”, 4 nafari “Uzbekiston Re- spublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi” faxriy unvonlari b-n muko-fotlangan. MHSK bokschilaridan Rustam Saidov (2000, Sidney) va Karim To’laganov (1996, Atlanta) Olimpiada bronza meda- lini qo’lga kiritgan. Yuriy Vitt (yunon- rum kurashi), Sergey Voinov (engil at- letika), Fatma Galiullina (velosport), Dilshod Mansurov (erkin kurash), ka- mol Murodov (kurash), Dilshod Oripov (yunonrum kurashi) jahon chempioni, Narimon Otaev (boks) esa jahon kubogi sohibidir. 11 nafar MHSK vakili Osiyo o’yinlarida g’olib chiqqan. Shuningdek, MHSK sportchilari xalqaro harbiy sport kengashi (CISM) tasarrufida o’tadigan jahon chempionatlarida so- vrinlar olishgan. MHSK basketbol, suv polosi va futbol jamoalari mamlakat chempioni hisoblani-shadi, suv polosi jamoasi 2000 y.da Osiyo Chempionlar ku- bogida 3-o’rinni egallagan. Asror Mo’minov.