Marko Polo

Marko Polo (Marko Polo) – (1254 — Venesiya — 1324.8.1) — italiyalik sayyoh va yozuvchi. M. P. 1271-75 y.larda venesiyalik savdogarlar b-n birga kema- da kichik Osiyo ya.o.ning Jan.-sha-rqiy sohillariga, u erdan Bag’dod, Basra, ta- briz va Kermonga kelgan, so’ngra Balx, Qashqar, Xotan, Kampichu (gan-Chjou) sh.lari va Gobi cho’lini kesib o’tib Qoraqurumga etib borgan. M. P. Xitoy- da 17 yil yashagan, Xubilayxon saroyida 1292 y.gacha uning xizmatida bo’lgan. U mamlakatning turli viloyatlarini borib ko’rgan. M. P. Xonbaliq (Pekin) sh.dan myanmaliklarning ilk davlati Pagan- ning 11 —13-a.lardan poytaxti bo’lgan Pagan sh.ga (mamlakat markazida) sayohat qilib, yana orqaga qaytgan. So’ngra Jan. Xitoy dengizi, Bengaliya qo’ltig’i, ara- biston dengizi, Eron orqali 1295 y. va- taniga qaytib borgan. Rustichano b-n birga “Marko Polo kitobi”ni (1298) yozib qoldirgan. Bu asar Kavkaz xalq^ari, Eron, Xitoy, Mongoliya, Hindiston, Indoneziya va b. mamlakatlar geografiyasi, etnografiya- si va tarixi haqida muhim ma’lumotlar beradi; shuningdek, unda xalq udumlari, rivoyatlar, ertaklar ham bor. Boshqa Ev- ropa tillariga tarjima qilingan bu ki- tob 14-16-a.larda yashagan dengizchilar, yozuvchilar va xaritashunoslar (jumladan X. Kolumb va L. Ariosto)ga ta’siri kat- ta bo’lgan.