Marisa jangi

Marisa jangi – hoz. Edirne sh.dan G’arbdagi Marisa daryosi bo’yida serbmakedon lashkari (bosniyaliklar, bolgarlar, vengerlar, valaxlar va b. b-n birgalikda) va Usmonli turklar o’rtasida sodir bo’lgan jang (1371 y 26 sent.). Ma- Kedon zodagonlari Uglesha va uning ukase Vukashin turklar bosqiniga qarshilik ko’rsatishga harakat qilib qo’shin to’plaganlar. Biroq yagona qo’mondonlik bo’lmaganligi tufayli qo’shinda in- tizom sust edi. 26 sent. ga o’tar kechasi turk otliq qo’shinlari qo’qqisdan hujum qilib zafar qozongan. Uglesha va Vuka- Shin jangda halok bo’lishgan. M.j.dagi g’alaba turklarga Bolqon ya.o. ichkarisi- ga yo’l ochgan, ular G’arbiy Frakiya, Ma- kedoniya, Serbiya va Bolgariyaning katta qismini zabt etganlar.