MARKAZIY BUXORO KOLLEKTORI

MARKAZIY BUXORO KOLLEKTORI — Buxoro viloyatida qurilgan yirik gidrotexnika inshooti. Zarafshon da-ryosi (Qorako’ldaryo)ning Duob gidrou- zelidan Mohanko’l kollektorigacha bo’lgan o’zanini chuqurlashtirib, kengaytirib, 1971 y.da qurib bitkazilgan. Uz. 51 km. Kollektorga Buxoro, Jondor, Vobkent va Romitan tumanlari hududidagi kollek- tor-drenaj tarmoqlarida yig’iladigan suvlar tashlanadi. Kollektorning umu- miy suv yig’ish maydoni 64,6 ming ga. Suv o’tkazish imkoniyati 40 m3/s. M.B.k. Mohanko’l kollektoriga tugashtirilgan va suvi Mohanko’lga quyiladi.