Murodov Mansurjon Nosirovich

Murodov Mansurjon Nosirovich (1955.28.10, Toshkent) — ganchkor, O’zbekiston xalqustasi (2001). Toshkent shahar 63kasb-hunar texnika bilim yur- tining ganchkorlik bo’limini tugatgan (1974). 1974 y.dan “Usto” birlashmasi (usta Mahmud Usmonov guruhi)da ganch- kor usta; 1985 y.dan o’zi tuzgan ganchkor- lik guruhiga rahbar; 1997 y.dan “usta- Zoda” birlashmasida ganchkorlar ijodiy guruhiga rahbarlik qiladi. 1985 y.dan boshlab Uzbekistonda, jumladan, Te- muriylar tarixi davlat muzeyi (1995), Yunusobod tennis korti (1997), Oqsaroy (1999), Shahidlar xotirasi muzeyi (2002), O’zbek milliy akademik drama te- atri (2002) va b.; shuningdek, Malayziya, Germaniya, Qozog’iston kabi mamlakatlar- da jamoat va davlat binolari interer- larini ganchkorlik bezaklari b-n ziynat- ladi.