Mopassan (Maupassant) gi

Mopassan (Maupassant) gi (to’liq nomi Anri Rene Alber gi) de (1850.5.8, Turvilyasyur-Ark yaqinidagi Miromenil kal’asi -1893.6.7, Parij) — Fran- suz yozuvchisi, Ruan li-tseyini tugatgan. 1870-71 y.lardafran-ko-prus urushida qatnashgan, g. Flo-Berning shogirdi, rus alibi I.S. Tur-genevni ustoz sanab, unga bag’ishlab maqolalar yozgan. Adabiyotga 1880 y.da she’rlar to’plami va “do’ndiq” novellasi b-n kirib kelgan. U 6 roman, 18 hikoyalar to’plami, ocherk va pesalar, ko’plab maqolalar va b. asarlar mualli- Fi. M. ijodi uchun turmushni ob’ektiv tasvirlash, tilining sodda (tabiiy) va ta’sirchanligi, “hayotni o’zidanda ishon- chli tasvirlash”, qahramonlar obrazi- ni ularning xarakter va xis-tuyg’ulari orqali yaratishga intilish xarakterli. M. ma’naviy qashshoq, mu-nofiq kishi- lar obrazining butun bir silsilasini yaratgan (“Javohirot”, “oila bag’rida”, “Vasiyatnoma” “bochkacha”, “Iblis” va b.). Uning “Daydi”, “Shkaf”, “Gadoy” kabi novellalarida turmush qa’riga uloqtirilgan notavonlar hayoti tasvir- langan. Muhabbatni mol-dunyodan iborat deb biluvchi, shu bois har qadamda o’zini sotishga tayyor ayollar obrazi “Ivetta”, “Haqqoniy tarix” va b. asarlarida ma- horat b-n chizilgan. M. sof muhabbat (“oy yog’dusi”, “baxt”)ni kuylaydi va ma’na- viy yuksak oddiy kishilarni qadrlaydi (“Simon ota”, “Marten qizalog’i”), va- tanparvar va jasoratli insonlarni ta- rannum etadi (“do’ndiq”, “Madmuazel Fifi”, “milon amaki”). Uning “Hayot” (1883), “Azizim” (1885), “Mont-Oriol” (1886), “Per va Jan” (1887-88) kabi romanlarida umumba-shariy mavzular, mansabparastlar qismati, boylik ortti- rishga xuruj qilish yuksak mahorat b-n tasvirlab berilgan. “O’limdek kuchli” (1889), “bizning qalb” (1890) romanla – rida esa psixologik ruh kuchli. “Hayot”, “Azizim” romanlari (Ibrohim G’afurov tarjimasi) va bir qancha hikoyalari o’zbek tiliga tarjima kdlingan. Ad.: Raskin B. L., Gi de Mopassan, v SB., Pisateli Frantsii, M., 1964; isto- riya frantsuzskoy literaturi, M., 1987. Ibodulla Mirzaev.