Moliya yili

Moliya yili — davlat byudjeti amal qiladigan yoki moliya hisobotlari muddati hisoblanadigan 12 oydan ibo- rat davr. Kalendar yil b-n muvofiq kelmasligi mumkin. Mas, Buyuk Brita- niyada M.y. 1 apr.dan boshlanib, keyin- gi yilning 31 martida, AQShda 1 okt. dan boshlanib 31 sent.da tugaydi. Buyuk Britaniya xukumatining moliya yili esa 6 apr.dan boshlanib, keyingi yilning 5 apr.ida tugaydi. AQShda esa bu muddat- lar 1 iyul — keyingi yilning 30 iyuni. O’zbekistonda kalendar yilga muvofiq keladi (1 yanv.dan boshlab, 31 dek.da tu- gaydi).