Miriy

Miriy, Shoiq (taxallusi; asl ism- sharifi Mirahmadxon Mirabdurahmon o’g’li) (1833 – Toshkent -1916) -shoir, xat- tot, tarjimon. Marg’ilon va Buxoroda o’qigan. Toshkent madrasalarida mudar- risliK qilib Arab va fors tillaridan dare bergan, shogirdlariga nasta’liq va nasx xatlarini o’rgatgan. Uzbek, Arab va fors tillarida ijod qilgan. Bedil g’azallariga muxammaslar bog’lagan. She’- rlarining ko’pchiligi an’anaviy ishqiy mavzuda (“Ey jamoling shavqidin…», “Yotdim adam saxrosida…”). Ayniqsa, 20-a. boshlarida kam yozilgan ta’rix ustasi bo’lgan. “Fiqhi Akbar” nomli Arabcha asarni “ikdi Durar sharhi fikh al-Akbar” nomi b-n she’riy tarjima qilib (1898), Toshkentda 1908 y.da chop ettirgan. She’rlari turli bayozlarda va Mo’minjon Muhammadjonov — Toshqinning “toshkentlik va Toshkentda bo’lgan o’zbek shoirlarining tarjimai xrllari” kitobida uchraydi. Ad.: Murodov A., O’rta Osiyo xattot- lik san’ati tarixidan, T., 1971.