Massaj

Massaj (Arab. — qo’l tegizmoq) — davolash usuli; tana yoki biror a’zoga maxsus usulda ta’sir etish. Qo’l b-n ba- jariladi, ba’zan asboblar ishlatiladi (vibromassaj). M.ning organizmga ta’- sir mexanizmida nerv va gumoral omil- lar muhim rol o’ynaydi. M. ta’sirida terida biologik faol moddalar hosil bo’lib qonga tushadi, ular tomir reaktsi- yalarida, nerv impulslarini o’tkazishda va b.da katnashadi. M. bevosita ta’sir qilgan joyida to’qimalarga mexanik ta’- sir ham ko’rsatib, limfa, qon, to’qimalar orasidagi suyuqlik tsirkulyasiyasi kuchaya- Di. Natijada kon va limfa dimlanishi yo’qolib, moddalar almashinuvi va M. qilinayotgan joy terisi orqali nafas olish kuchayadi. M. yuraktomir sistemasi ishini yaxshilaydi. Kapillyarni kengay- tirib, M. qilinayotgan sohanigina emas, balki undan uzoqdagi to’qimalarning ham (reflektor yo’l b-n) qon b-n mo’l ta’- minlanishiga imkon beradi: qonning ar- teriya va venalardan oqishi rivojlana- Di. M. muolajasidan so’ng umumiy ahvol yaxshilanadi, charchoq yo’qoladi. Umumiy (butun gavda) va mahalliy (gavdaning bir qismi, mas, qo’l yoki oyoq panjasi) M. bor. Asosiy usullari: silash, uqalash, iy- lash va qoqib qo’yish. Silash — M.ning boshqa usullarini boshlashdan oldin va tugallana-yotganda qo’llanadi. Uqalash — birmuncha tez bajariladi, bunda teri va teri ostidagi to’qimalar turli yo’nalishda joyidan qo’zg’atiladi yoki cho’ziladi. Uqalangan joy ustidan silanadi. Iylash — M.ning murakkabroq usu- li. Bunda faqat yuza to’qimalargina emas, balki chuqur joylashgan muskul- lar ham ta’sirlanadi. M.ning bu usuli to’qimalarni ushlash, ko’tarish, bosish va cho’zishdan iborat. Qoqib qo’yish yoki “vibrasiya” — ta- naga tebranuvchi (titroq) harakat be- rishdan iborat, uni qo’l yoki maxsus M. apparatlari yordamida turli jadallik va tebranish b-n bajariladi. M.ning sport massaji, shifobaxsh, gigienik va kosmetik M. kabi turlari bor. Sport M.ida sportchining hamma muskul guruxlariga ketma-ket ta’sir etiladi. Shifobaxsh M. vrach ko’rsatmasi bo’yicha tayanchharakat apparati, bo’g’im va moddalar almashinuvining buzilish kasalliklari, radikulit, kontraktu- ra va b.da kompleks davolash b-n birga qilinadi. M.ning boshqa turlari char- choqni bosish va kuch-quvvatni tiklash, odatda, jismoniy mashqlar, suv muola- jalari, ertalabki gimnastika b-n birga olib boriladi. Bunday M. xushbichim va bardam bo’lishga imkon beradi. O’z-o’zini M. qilish gigienik M.ning bir shakli. M.ni maxsus o’rgatilgan massajchilar yoki bemorning yaqin kishilari (tibbiyot xo-Dimidan o’rganib olib) qilishlari mum- kin. Kosmetik M. kosmetolog-vrach tav- siyasiga ko’ra, sochlarni mustahkamlash, yuzdagi nuqsonlarni yo’qotish maqsadida ko’llanadi. Yurak M.i — yurak to’xtab qolganda odamni jonlashtirish usuli; bunda yurak ritmik ravishda bevosita (ko’krak qafasi ochilib bajariladigan opera-tsiyalarda) yoki bavosita (ko’krak qafasini yormasdan birinchi yordam ko’rsatishda) qisiladi.