Maxorka

Maxorka (Nicotiana rustica L.) — tomatdoshlar oilasining tamaki turku- miga mansub bir yillik o’simlik; tex- Nika ekini. Vatani — Jan. Amerika. Evropaga 16-a.da, Rossiyaga 17-a.da kel- tirilgan. Polsha, Vengriya, Hindiston, Tunis, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog’istonda ekiladi. O’zbekistonda qadimdan xo’jaliklarda maxsus o’stirilgan. Hoz. davrda Samarqand, Qashqadaryo vilo-yatlarida ekiladi. Il- dizi o’q ildiz, tuproqqa 1,5 m gacha kirib boradi. Poyasi tik, g’adir-budir, yuzasi qovur-g’ali, ichi g’ovak to’qima b-n to’lgan, bal. 1,2—1,3 m. Bargi oddiy, yuraqsimon, tuxumsimon, bandli, yuzasi burishgan, yashil, sarg’ish-yashil. Guli 2 jinsli, sariq yoki sarg’ish-yashil, to’pguli ro’vak. O’zidan changlanadi. Mevasi 2 pallali, ko’p urug’li ko’sakcha. Urug’i mayda. 1000 ta urug’i vazni 0,25—0,35 g. Quritilgan bargida (kuruq modda hisobida) 1 — 10% nikotin, 15-20% organik ktalar (5— 10% limon kta) bor. Urug’i 7-8° da unib chiqadi. O’simlik -2, -3° sovuqda nobud bo’ladi. Yorug’sevar, namsevar. Unumdor, toza tuproqlarda yaxshi hosil beradi. M.ning quritilgan bargidan cheki- ladigan, hidlanadigan va chaynaydigan mahsulotlar olinadi, nikotin kislotasi (RR vitamini), ekinlar zararkunanda- lari va qo’tirga qarshi dorilar, Niko- tin va limon ktasi ishlab chiqariladi. Urug’ining tarkibida 35-40% texnik moy bo’ladi, lok-bo’yoq sanaotida va sovun i. ch.da ishlatiladi. Erta bahorda urug’i parniklarga sepiladi, o’simlik 5-6 barg chiqarganda dalaga ko’chati 60×20, 70×20 sxemada ekiladi (ba’zan urug’ini bevosita dalaga ekish mumkin). O’suv dav- rida 3-4 marta o’toq va chopiq qilinadi, 2 marta oziklantiriladi. Hosil tex- nik jihatidan etilganda yigiladi va maxsus quritish xonalarida saqlanadi. Bargi 35-40% namlikkacha kuritiladi va navlarga ajratiladi. Hosildorligi (quruq barg bo’yicha) 18-20 ts/ga. Halima Otaboeva.