Mejelaytis Eduardas Benyaminovich
Mejelaytis Eduardas Benyaminovich (1919.3.20, Litva Respublikasi — 1999, Vilnyus) — Litva xalq shoi- ri (1974). 2-jahon urushi qatnashchisi (1943). Ijodi 1935 y.dan boshlangan. Dastlabki sheriy to’plamlari (“Liri- ka”, 1943; “Vatan shamoli”, 1946) Litva xalq qo’shiklari, ertak va afsonalari ruhi b-n sug’orilgan bo’lib, ularda ayni paytda Salomeya Neris lirikasiga xos Xu- susiyatlar sezilib turadi. “Qardoshlik dostoni” (1954) “begona toshlar” (1957), “Yulduzlar etagida” (1959), “Kax- rabodagi quyosh” (1961), “Avtosurat. Avialavhalar” (1962), “Janubiy man- Zara” (1963), “kardiogramma” (1964), “Sozim” (1974) kabi she’riy to’plamlar muallifi. M. bu asarlarida shakily izlanishlarga alohida e’tibor bergan holda voqelikni chuqur falsafiy idrok etish, lirik qahramonning ruhiy olami va mohiyatini murakkab obrazlar silsi- lasida ochishni o’zining asosiy ijodiy tamoyiliga aylantirib bordi. M. “In- son” (1961) she’rlar kitobida o’ziga za- mondosh inson obrazini kosmik kengli- klarni o’zlashtira boshlagan xalqning timsoli, o’zgarib borayotgan jamiyatning to’la qonli egasi sifatidagi obrazini yaratdi. Ushbu asar shu davrda o’zbek she’- riyatida inson obraziga e’tiborning kuchayishi, inson va ezgulik mavzuining katta mavqe kasb etishiga turtki berdi. M. lirik she’riyat b-n birga esse Jan- rida ham samarali ijod qilgan. Uning “Lirik etyudlar” (1964), “non va so’z” (1965), “tungi kapalaklar” (1966), “bu er — Litva” (1968), “Antakolnis ba- rakkosi” (1971), “Monologdar” (1981), “Soz va moybaliq” (1984) kabi kitobla- ridan yoshlik xotiralari, Litva shoirla- rining va o’zining ijodiy tajribalari haqidagi, Litva madaniyati va she’riyat haqidagi o’y-mulohazalari o’rin olgan. “Inson” she’riy to’plami o’zbek tiliga tarjima qilingan (1963). Ad.: Makarov A.N., Eduardas Meje- laytis, M.. 1966.